Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro va Navoiy shaharlariga kirish va chiqish to‘xtatildi
27.03.2020 08:43,  
160

Buxoro viloyati aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01 dan boshlab, Buxoro shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Buxoro shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi.

Buxoro shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Buxoro shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Buxoro shahriga kirish uchun, viloyat tumanlaridan Buxoro shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Navoiy viloyati aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 2020 yil 27 mart kuni soat 12.00 dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi. 

Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, shahar va tumanlarda (Navoiy, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlari) doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27 mart kuni soat 12.00 boshlab ushbu hududlarda avtobuslar harakati to‘xtatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан