Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro viloyatiga prokuror tayinlandi
20.01.2021 12:33,  
468

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Istamov Mahmud Shuhratovich Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Buni «Gazeta.uz»ga MSK matbuot xizmati tasdiqladi.

Aytishlaricha, u bu lavozimda Dilshod Fayziyev o‘rnini egallagan. Fayziyev nima sababdan lavozimdan olinganiga aniqlik kiritilmadi.

Istamov 1979 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqshunos.

2014-2019 yillarda mehnat faoliyatini Prezident administrasiyasidagi Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shoʻbasi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shoʻbasi mudiri lavozimida olib borgan.

Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasiga 2019 yil 13 iyunda o‘tgan bo‘lsa, unga qadar Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан