Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda 5 yoshida yo‘qolgan bola oradan 2 yil o‘tib topildi
17.05.2021 22:11,  
5642

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Romitan tumanlararo sudining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Muhiddinov Amirxonni qarzdor fuqaro R.Abidovdan undiruvchi fuqaro L.Nurulloyeva tarbiyasiga majburiy tartibda olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2019 yil 5 noyabrda Byuroning Jondor tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

– Majburiy ijro harakatlari davomida olib berilishi lozim bo‘lgan bolaning turar joyi haqida ma’lumotlar bo‘lmaganligi va otasi hamrohligida Rossiya davlatiga chiqib ketganligi aniqlangan, – deydi MIB Buxoro viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektori Anvar Salimov. – MIB Jondor tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan voyaga yetmagan A.Muhiddinovga qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida voyaga yetmagan A.Muhiddinov Rossiya davlatidan topildi. O‘zbekistonga olib kelindi va onasi fuqaro L.Nurullayevaga qaytarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан