Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda ijtimoiy yotoqxonaga joylashtirilgan ayol farzandlari xonasini fohishaxonaga aylantirdi
6.03.2021 13:16,  
556

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 18 fevral kuni ijtimoiy yotoqxonaga vaqtincha yashash uchun joylashtirilgan 45 yoshli ayol bolalar xonasini fohishaxonaga aylantirgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:45 da ijtimoiy yotoqxonaning o‘zi va farzandlariga ajratib berilgan xonasida 40 ming so‘m pul evaziga fuqarolar J.M. va A.N.ning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Fuqaro fohishaxona tashkil qilganligi tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-modda (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан