Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda masjid ehson qutisidagi pullarni o‘margan shaxs qo‘lga olindi
6.10.2020 10:38,  
328

2020 yilning 28 sentyabr kunidan 29 sentyabr kuniga o‘tar kechasi, Romitan tumani Azizon MFY Sarbiston qishlog‘ida joylashgan “Xo‘ja Ali Romitaniy” masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib,  u yerda bo‘lgan 3 dona ehson qutilarni buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tegov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirgi kunda gumonlanuvchi O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан