Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda "Matiz"ga o‘rnatilgan gaz ballon portlab, ikki mashinani sochib tashladi (foto)
13.10.2020 15:47,  
2332

Joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 11:45 larda, Peshku tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Buxoro viloyati, Peshku tumani, Chig‘irchi MFY, Yangibozor ko‘chasida joylashgan markaziy kasalxonadagi avtomashinalar to‘xtash joyida 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro H.M.ga tegishli “Matiz” rusumli transport vositasining metall gaz ballonida nosozliklar yuzaga kelib, chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.

Chaqnash natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar mavjud emas.

Sodir bo‘lgan chaqnash natijasida “Matiz” rusumli transport vositasi atrofida bo‘lgan, fuqaro B.B.ga tegishli “Neksiya” rusumli, fuqaro U.P.ga tegishli “Neksiya” rusumli hamda fuqaro A.X.ga tegishli “Lasetti” rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati, Peshku tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi gaz ballonlarining texnik sozligini o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazishlarini, ehtiyotkor bo‘lishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан