Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Buxoroda Milliy gvardiya xodimi mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi
26.12.2021 22:30,  
169

Buxoro viloyatida 20 dekabr kuni Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. o‘ziga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilingan. Ular 20 dekabr soat 05:15 atrofida Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Qumli GTK mobil» yo‘nalishinng 34—42-kilometridagi yo‘nalishni qo‘riqlash uchun «Niva» avtomobilida qo‘riqlanadigan hududga boradi.

Xodimlar xizmat vaqtida yo‘nalish quvurining taqiqlangan qismidan «UAZ» avtomashinasi harakatlanib kelayotganini ko‘rgan va unga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi, Qorako‘l tumani «Kuydim» mahallasida yashovchi A.A. (1977 yilda tug‘ilgan) xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay harakatlanishni davom ettirgan va Milliy gvardiy safdori H.A.ni avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan. Qonunbuzar fuqaro qochib ketgan, xodim esa og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «g» (xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni qasddan o‘ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан