Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda ota-ona farzandini IIBga topshirdi
9.08.2021 09:54,  
546

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 16 yoshli Asadbek Samiyevning ota-onasi o‘g‘li o‘zganing mulkini o‘g‘irlab kelganini ko‘rgach, uni IIBga topshirgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlaridan so‘ng Asadbek Samiyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Asadbek Samiyev 2021 yilning 27 mart kuni kechki soat, taxminan, 01:00 da amakisi Sherzod Samiyevga tegishli «Sheyx» kafesi atrofini aylanib, odamlar tarqalishini kuzatgan. Shundan so‘ng o‘zi bilan birga olib kelgan temir jism bilan kafe eshigi qulfini buzgan va u yerga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Kafening bar qismidan amakisiga tegishli 1 dona bahosi 3 million so‘mlik Aser Packard Bell rusumli noutbukni o‘g‘irlab, uyiga olib borgan.

28 mart kuni ertalab Asadbekning onasi Robiya Po‘latova o‘g‘lining o‘g‘rilik sodir qilganini sezgan va bu haqda turmush o‘rtog‘iga bildirgan. 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro Fayziddin Samiyev o‘g‘lining xatti-harakatidan qattiq g‘azabga tushib, holat haqida zudlik bilan tuman IIBga xabar bergan. Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari davomida voyaga yetmagan o‘smir o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Dastlabki tergov surishtiruv ishlari davomidayoq o‘smirning xatti-harakatlari ochiqlangan hamda fuqaro Sherali Samiyevga tegishli noutbuk qaytarilgan. Sud ishi davomida jabrlanuvchi amaki aybdor jiyaniga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Asadbek Samiyev Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining «g» bandi (o‘g‘rilik) bilan ayblangan va qilmishidan pushaymonligi, yoshligi, muqaddam sudlanmagani, yetkazilgan zarar bartaraf qilingani inobatga olinib unga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 1 million 225 ming so‘m jarima tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан