Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda XVI asrda qurilgan “Abdullaxon” madrasasi devori qulab tushdi
3.08.2021 10:55,  
157

30 iyul kechasi Buxoro shahrida “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir qismi o‘pirilib tushgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Bunga ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yerosti suvlarining ko‘tarilishi) sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.

Holat bo‘yicha Madaniy meros agentligining viloyat boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joyida o‘rganish o‘tkazildi va Respublika Madaniy meros agentligidan vakillar jalb qilindi hamda “Abdullaxon” madrasasining orqa qismi tevorining o‘pirilib tushgan qismini belgilangan tartibda tegishli loyiha asosida qayta tiklash va zaruriy restavratsiya ishlarini tashkil etish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga, Buxoroda texnogen jarayonlar oqibatida nurashi, yemirilishi va qulab tushishi ehtimoli yuqori bo‘lgan 40 ta madaniy meros ob’yektini qiymatini saqlash, ularda tiklash, restavratsiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha olimlar, restavratorlar va malakali mutaxasislar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilgan holda zarur chora-tadbirlar belgilanishi haqida hukumatga aniq takliflar yuborilgan.

Bundan tashqari, holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан