Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxorodagi yahudiylar uylari yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan yodgorliklar ro‘yxatiga kiritildi (foto)
2.11.2019 18:22,  
982

Butunjahon yodgorliklarni himoya qilish fondi yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 25 ta madaniy ob’yektlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Bu ro‘yxat har ikki yilda mustaqil ekspertlarning xulosalari asosida tuziladi. Bu yilgi ro‘yxatga 250 ob’yektdan 25 tasi tanlab olingan.

Madaniy yodgorliklarning yo‘qolib ketish sabablari sifatida xavfi yong‘inlar, tabiiy ofatlar, urush harakatlari va insoniy e’tiborsizlik faktorlari keltirilgan.

Reytingning oxirgi pog‘onasiga Buxorodagi yahudiylar mahallasidagi uylar kiritilgan.

XX asr boshiga kelib 8000 kishilik yahudiy jamoasi shahar aholisining 12 %ini tashkil qiladi hamda bu ko‘rsatkich Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Navoiy kabi o‘zbek shaharlari orasida eng ko‘pi edi.

Buxoro yahudiylari Rus imperiyasi bilan savdo aloqalarida faol harakat qilganlar. Shuningdek, ular huquqshunoslik, tibbiyot va mahalliy davlat boshqaruvida ham ishtirok etganlar. Ayrim yahudiylar qo‘shiqchi, aktyor hamda raqqos sifatida ham taniqli bo‘lgan. Rus inqilobidan keyin hamda Xolokost (Fashistlar Germaniyasida yahudiylarning ommaviy qirg‘inlari) davomida Sharqiy Yevropadan kelgan yahudiylar ta’qiblardan saqlanish uchun Buxoroga ko‘chib kelishni davom ettirganlar.

Etnolingvistik jihatdan ajralib turadigan Buxoro yahudiylari fors tilining tojik dialektida so‘zlashgan va savdo va hunarmandchilik, to‘qimachilik binoni va yog‘ochga ishlov berish orqali uzoq vaqt davomida an’analarini saqlab kelgan. Ushbu yog‘och o‘ymakorlik an’anasining eng yaxshi namunasini Buxoro uylarida ko‘rishingiz mumkin, ular o‘rta asrlardagi tor ko‘chalar va mahallalardagi shahar ko‘rinishidagi naqshli arxitekturaning ajoyib namunasidir.

Ushbu yog‘och o‘ymakorligining eng yaxshi namunasi o‘rta asr madaniyatiga xos bo‘lgan mahallalar, tor ko‘chalardagi naqshinkor ustunli uylarda saqlanib qolgan. Ular o‘zlarini o‘rab turgan tabiat bilan uzviy bog‘liqlikda yashashgan: cho‘l iqlimiga mos tushadigan sopol idishlardan foydalanishgan. An’anaviy uylar 1993 yilda Butunjahon ma’daniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoroning tarixiy markazida joylashgan.

Biroq, yahudiy jamoasining ommaviy ko‘chishi bu uylarning buzilishiga olib keldi. Eski mahallalarda faqat 200 ga yaqin Buxoro yahudiylari qolgan, 1991 yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan Buxoro yahudiylarining aksariyati Isroil va AQShga ko‘chib ketishgan.

Ularning katta diasporasi Nyu-Yorkda Forest Hills atrofiga joylashishgan. Ushbu ommaviy ko‘chishlar tufayli an’anaviy uylar endi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘zgarishlarga duch kelmoqda va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolmoqda, deyiladi hisobotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан