Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Captiva”da qo‘y o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
1.03.2020 09:18,  
781

2020 yil 26 fevral kuni Samarqand viloyati Nurobod tuman IIBga Nurobod tumani Mehnatkash mahallasida yashovchi, 1969 y.t N.E. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 26 fevral kuni soat 15:30 larda Nurobod tumani Mehnatkash mahalla hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Samarqand” avtomobil yo‘li yoqasida qo‘ylarini boqib yurgan vaqtida qo‘ylaridan bir boshini noma’lum shaxs qora rangli “Kaptiva” rusumli avtomashinasiga yuklab olib ketganligini bayon qilib, noma’lum shaxslarni topib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi Narpay tumani Oqtosh shahri S.Ayniy ko‘chasida yashovchi, 1997 y.t E.S. boshqaruvida bo‘lgan Kaptiva rusumli 30 ? 919 ?? davlat raqam belgili avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida, mashinaning orqa qismiga o‘g‘irlangan bir bosh qo‘y ortilganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.  

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан