Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chet elda bo‘lmagan va virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lmagan 20 yoshli o‘zbekistonlik qizda ham koronavirus aniqlandi
24.03.2020 12:57,  
1893

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tdi. 

Davlat Bosh sanitar vrachiga kasallangan bemorlar ichida chet elda bo‘lib qaytmagan, chet elda bo‘lib qaytgan shaxslar bilan kontaktda bo‘lmagan holatda virusni yuqtirib olgan shaxslar borligi haqidla savol berildi.

— Afsuski, bor.  20 yoshli qizda shunday holat  aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan kontaktda bo‘lmagan. Biroq u o‘zi xohlagan va xohlamagan, bilib-bilmagan tarzda jamoat transportida, ish jarayonida umumiy foydalanadigan buyumlardan foydalangan bo‘lishi va shu orqali kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. 

Bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan o‘tkazdik, ular sog‘lom. Bu holat hammamizni hushyorlikka chaqiradi, - dedi Bahrom Almatov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан