Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chet-eldagi o‘zbeklar va inglizlashganlar
25.11.2019 12:50,  
1748

O‘zbek musulmonlar bilan Angliyada tug‘ilib o‘sgan musulmonlarda quyidagilarni kuzatish mumkin:

* * *

Biror davraga kirib borsangiz o‘tirganlar salomingizga alik oladi, o‘rnidan turib qo‘l berib so‘rashadi, hol-ahvol so‘raydi. Inglizlashganlar esa alik olib yana gapida davom etaveradi, o‘zingiz borib ko‘rishasiz, siz bilan ishi ham bo‘lmaydi. O‘zbeklar esa "bu mehmon kim bo‘ladilar, bizga tanishtiring" deb so‘raydi.

* * *

Boshqa shahardagi o‘zbek do‘stlaringizni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz o‘sha kuni uydami-yo‘qligini bilish uchun telfon qilsangiz bo‘ldi. Inglizlashganlarga esa kamida ikki hafta oldin aytishingiz kerak. Katta ehtimol bilan "uzr, bandman" deydi. Agar shaharda qolishingiz kerak bo‘lsa, qaysi mexmonxonadan joy olishni maslahat berishi ham mumkin.

* * *

O‘zbeklar ishi boshidan toshib yotsa ham "o‘ta bandman, vaqtim yo‘q" demaydi. Inglizlashganlar kun bo‘yi kino ko‘rib o‘tirgan bo‘lsa ham "nihoyatda band edim" deydi. Ularda hamma har doim band. Hech qachon g‘irt bekorchiman deb tan olmaydi.

* * *

O‘zbeklarnikiga borsangiz, so‘ramasdan ovqat olib keladi. Inglizlashganlar esa "ovqat yeysanmi?" deb so‘raydi. "Yo‘q" desangiz, "rostanmi", deb qaytaradi. "Rostdan" desangiz bo‘ldi, qaytib so‘ramaydi.

* * *

O‘zbeklar hol-ahvol so‘raganda "onajoningiz ham yaxshimilar, salom ayting" deydi. Inglizlashganlar uchun esa go‘yo ota-onangiz yo‘q, hech qachon bo‘lmagan yoki bo‘lsa ham ahamiyatsiz.

* * *

Chet eldagi o‘zbeklarning ota-onasi kelib, 5-6 oy turib ketishi oddiy hol. Inglizlashganlar esa ota-otasini mehmon qilishga juda borsa maksimum bir oy chidaydi. Bir haftada nafasi qisila boshlaydi. Ba’zi O‘zimizga inglizlashganlar o‘zlari aytib bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан