Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chigit voqeasi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aybdorlarga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atdi
6.01.2022 22:39,  
353

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimi tomonidan O‘zbekistonning boshqa hududlariga chigit olib chiqishga taqiq qo‘yilgani, hokimning bu harakatlari amaldagi qonunchilikka zid ekanligi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha qo‘mitaga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda xarid qilingan paxta chigitini bir viloyatdan (shahardan) boshqa viloyatga (shaharga) olib chiqishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan noroziliklar bildirgan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaatlarga asosan viloyat hokimliklari tomonidan hududlardagi ichki ishlar organlari xodimlariga viloyat hududlaridan paxta chigitini chiqarmaslik to‘g‘risida topshiriq berilganligi va shunga ko‘ra chegara post xizmatlaridan chiqarilmayotganligi bildirilgan.

Lekin, birja savdolarida respublikaning barcha hududlaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ushbu chigit mahsulotini sotib olishlari mumkinligi qonunchilik bilan belgilangan bo‘lsada, hokimliklar chigitni faqatgina ushbu hududdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olinishi va ushbu hududdan olib chiqib ketmasdan ishlatishi bo‘yicha ko‘rsatma berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi, 34-moddasiga asosan davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi ko‘rsatilgan.

Davlat organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga bitimlar tuzish bo‘yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga ko‘rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 354-moddasiga asosan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin, shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga  yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning 178-moddasiga asosan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini buzilishi holati bo‘yicha tegishli javobgarlik choralari belgilangan.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilib, barcha viloyatlar hokimliklariga hamda Ichki ishlar vazirligi va vazirlikning viloyat boshqarmalariga bunday harakatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan murojaat qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda qo‘mita tomonidan Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat hokimliklari hamda ushbu viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atdi.

Shu bilan birga, xabarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ular faoliyat ko‘rsatayotgan hududidan qa’tiy nazar qonuniy xarid qilingan maxsulotlarni bir hududdan boshqasiga olib chiqib ketishda muammolar yuzaga kelgan taqdirda qo‘mitaga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан