Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chilonzorda bir kechaning o‘zida 2 ta YTH sodir bo‘ldi, ularning birida haydovchi vafot etdi
24.05.2021 14:16,  
156

24 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasi  natijasida uch kishi tan jarohati oldi, bir kishi vafot etdi.

Coat 00:15 larda Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida «Epica» avtomashinasi haydovchisi Sh. Sh. (1989 y.t.) boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan. Ma’lumotga ko‘ra, u mashinani mast holatda boshqargan.

Haydovchi, shuningdek uning yo‘lovchilari — S.N. (1990 y.t.) va S.R. (1988 y.t.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilishgan.

Voqea joyida haydovchilik guvohnomasi va transportni boshqarish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar aniqlanmagan. 

Ikkinchi YTH ertalab soat 4:45 da Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Spark haydovchisi 36 yoshli F.Y. ajratib turuvchi to‘singa urilgan. U kasalxonaga yotqizilgan, ammo keyinchalik jarohatlar tufayli vafot etgan.

Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан