Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chinozda Kon geologiya inspeksiyasiga tegishli Captiva davlat raqami yopib boshqarilgani uchun jarima maydoniga joylashtirildi
9.12.2020 11:53,  
316

Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga tegishli Captiva avtomobili Toshkent viloyati Chinoz tumanida davlat belgisi yopilgan holda boshqarilgani uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

YHXBB xabariga ko‘ra, davlat raqam belgisi 01 215 PFA bo‘lgan Captiva avtomobili haydovchisi mashina raqamini yopgan holda harakatlanganligi aks etgan video va fotosuratlar fuqaro tomonidan IIV YHXBBga yuborilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga tegishli bo‘lgan Captiva haydovchisi Chinoz tumani hududida transport vositasi davlat raqam belgisini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan qoplama yopib harakatlanganligi ma’lum bo‘ldi.

1986 yilda tug‘ilgan haydovchi R.E.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi, shuningdek, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish) tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан