Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chirchiqda “Mi” vertolyoti va “Su-25” samolyotlari ta’mirlanmoqda
14.02.2020 15:13,  
343

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Qurolli Kuchlarimizning harbiy va ikki maqsadda foydalaniladigan mahsulotlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida 2018-2019 yillarda KamAZ avtomobili shassisida yuk va maxsus avtomobil texnikalarini, harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaloqa vositalari, nafas olish organlari himoya vositalarini, oziq-ovqat payoklari va boshqa turdagi harbiy va ikki maqsadda foydalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir qancha tarmoqlararo loyihalar amalga oshirildi.

Mudofaa vazirligi kuch va vositalarini jalb qilgan holda mavjud, moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan qurol-aslahalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan BM-21 “Grad” rusumli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi yangi zamonaviy shassiga o‘rnatildi va bu tizim amaliy sinovlardan muvafaqiyatli o‘tdi.

BTR-70 rusumli transporterga yangi zamonaviy dizel dvigateli, uzatish qutisi o‘rnatilib mobil imkoniyatlari oshirildi. Shuningdek, shaxsiy tarkib himoyasini oshirish maqsadida qo‘shimcha zirh va kumulyativ panjara bilan jihozlandi.

T-64 rusumli tankning kuch bo‘limi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy, katta quvvatga ega dvigatel va transmissiya agregatlari qo‘yildi, raqamli aloqa vositalari bilan jihozlandi.

Gaz-66 rusumli avtomobillariga “ISUZU» dvigatellari va uzatish qutilarini o‘rnatgan holda modernizatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu o‘z navbatida ularning xarakatchanlik va mobil imkoniyatlarini oshirdi.

Shuningdek KamAZ avtomobillari shassida barcha sharoit va xududlarda qo‘shinlar boshqaruvini ta’minlay oladigan mobil qo‘mondonlik boshqaruv punkti, shuningdek zamonaviy asbob va uskunalar bilan jixozlangan, har qanday murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oshirishga qodir tibbiyot punkti yaratildi.

Bundan tashqari «Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi» DK rekonstruksiya qilinib, to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va texnologik jihatdan qayta jihozlandi, buning natijasida korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish imkoni yaratildi. Jumladan, “Mi” rusumidagi vertolyotlarning ta’mirlanayotgan jihozlari nomenklaturasi ortdi, Su-25 rusumli samolyotlarni ta’mirlash o‘zlashtirilmoqda.

«Vostok» IIB DUKda bugungi kunda o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarilmoqda. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2020 yilning birinchi yarmida yangi turdagi patronlar ishlab chiqaruvchi liniyaning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Harbiy kiyim-anjomlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi tuzilib, 2019 yilda dastlabki sex faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 2020 yil II kvartalda korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan, qo‘mita tasarrufidagi («Vostok» IIB DUK, «Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi» DK, «Innovatsion texnologiyalar markazi», «MS TexMash» va «MS RemTex» MChJlar) va mahalliy korxonalar (KRANTAS, ISUZU va boshqalar) da ishlab chiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadda qo‘llanadigan mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini 2 barobarga oshirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан