Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev chirchiqlik ayoldan uni o‘zining oldiga yaqinlashtirmagan xodimlari nomidan uzr so‘radi
22.03.2021 22:55,  
142

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Toshkent viloyati Chirchiq shahriga tashrifi ham o‘rin oldi. Unda Prezident chirchiqlik ayoldan uni o‘zining oldiga yaqinlashtirmagan xodimlari nomidan uzr so‘radi.

Mahalla bilan tanishish jarayonida Prezidentning yoniga kelishga ruxsat berishmayotganidan shikoyat qilayotgan ayolning ovozi e’tiborni tortgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida uning yoniga Prezidentning o‘zi bordi va ayolning o‘g‘li bilan suratga tushdi. 

Shavkat Mirziyoyevning “kayfiyatingiz yaxshimi, nega yig‘layapsiz?” degan savoliga chirchiqlik ayol “odamlaringiz xafa qildi”, deya javob berdi. Shundan so‘ng Prezident ularning harakati uchun ayoldan uzr so‘radi:

“Ularning harakati uchun men uzr so‘rayman. Ovozingizni etdim-da, o‘zim keldim. Sog‘ bo‘ling. Mana hozir rasmga tushdik. Rasmini o‘zim olib kelib beraman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан