Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqchida noma’lum shaxs hokimlik binosi oldida bir qizni kaltakladi
3.05.2021 09:13,  
438

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir yigit tomonidan kaltaklangan qiz videosi tarqaldi. Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, 24 aprel kuni soat 22:00 larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshohbekatda fuqaro T.N.ni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib, tan jarohati yetkazgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан