Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chorsuda Milliy gvardiya xodimlari bir yigitni kuch ishlatib olib ketishga urindi, ammo aholi qarshiligiga duch keldi. Hodisa yuzasidan rasmiy izoh berildi
24.11.2020 12:01,  
3256

Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur voqea 22 noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi «Eski juva» dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan.

«22 noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi ‘Eski juva’ dehqon bozori hududida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga bozorga xaridor sifatida kelgan fuqaro murojaat qilib, ushbu bozor hududida pirotexnika vositasi sotib olish uchun sotuvchiga 260 ming so‘m pul berganligini, lekin sotuvchi kelishilgan mahsulotlarni bermasdan, qochib ketganligi haqida shikoyat qilgan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu holatni kuzatib turgan bir guruh shaxslar murojaat etgan fuqaroga nisbatan shu joyning o‘zida haqoratli so‘zlar ishlatib, o‘zlarining bu kabi xatti-harakatlari bilan pirotexnika vositasi sotuvchisi tarafdorlari ekanligini bildirgan.

Vaziyatni yengillashtirish uchun Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jabrlanuvchi fuqaroni bozor hududidan olib chiqib, holatga oydinlik kiritish maqsadida IIO tayanch punkti mas’ul xodimiga topshirilgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bozor hududida janjal ko‘targan bir guruh fuqarolarni tartibga chaqirishga harakat qilgan. Jamoat tartibi qoidalariga rioya qilmagan ushbu fuqarolardan biri Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, haqoratli so‘zlarini davom ettirib, atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb qilgan holda xizmat majburiyatini bajarayotgan harbiy xizmatchilardan biriga qo‘l ko‘targan.

Shu bois Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu fuqaroga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda IIO tayanch punktiga olib borib topshirgan.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi U.I. ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан