Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Coca-Cola kompaniyasidagi davlat ulushi 252 mln dollarga sotildi
6.08.2021 22:02,  
265

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ (Kompaniya) ustav kapitalidagi 57,118 % davlat ulushini “Coca-Cola Içyecyek A.Ş.» (CCI) kompaniyalar guruhiga, unga to‘liqligicha qarashli bo‘lgan “CCI International Holland B.V.» sho‘ba korxonasi orqali 252,28 million AQSh dollariga sotish (Bitim) bo‘yicha kelishuvga erishilganligini ma’lum qildi.

Bitim Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma’qullangan. Bitimni yakunlash jarayoni tartibga soluvchi organlar tomonidan beriladigan muayyan ruxsatlar olinishini talab qiladi.

Mazkur bitim xalqaro amaliyotda qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi PF–6096-son Farmoniga asosan, ommaviy oshkora sotuv jarayoni shaklida tashkil etildi.

Davlat ulushining mazkur sotuv jarayoni “Rothschild & Co” Agentlikning moliyaviy maslahatchisi, Dentons esa yuridik maslahatchisi sifatidagi ishtirokida amalga oshirildi.

Coca-Cola kompaniyasi haqida:

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ – O‘zbekistonda gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya bo‘lib, u Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek omborxonalar tarmog‘iga ega. 2020 yil yakunlari bo‘yicha Kompaniyaning sof foydasi 205 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Bitimning yakunlanishi bilan keng ommaga (jamoatchilikka) hamda ommaviy axborot vositalariga qo‘shimcha axborot va bayonot beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан