Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizimda yangi tayinlovlar joriy etildi
9.04.2021 16:19,  
467

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizimda yangi tayinlovlar joriy etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlikning Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib Umidulla Riskiyev tayinlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Bunga qadar u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Qayd etilishicha, falsafa fanlari doktori (PhD) Umidulla Riskiyev 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasini 2006 yilda tamomlab, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ish boshlagan.

Shuningdek, vazirlikning Sog‘liqni saqlash tizimi infratuzilmasini rivojlantirish va qurilishini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib Bahodir Bo‘riyev tayinlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Hozirga qadar u mazkur boshqarmada boshliq o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Bahodir Bo‘riyev Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan bo‘lib, ko‘pgina tashkilotlarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Qayd etilishicha, 2005 yil «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Vazirlikning Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Birlamchi tibbiy profilaktika yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib Avazbek Usmonov tayinlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Tibbiyot fanlari nomzodi Avazbek Usmonov 1974 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Shuningdek, u o‘z faoliyatini Qo‘qon shahridagi 1-son shahar shifoxonasida neyrotravmatologiya bo‘limida stomatolog-xirurg vazifasidan boshlagan. Mutaxassis 2017 yildan buyon Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi bosh shifokori sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Vazirlikning Davlat tibbiyot tashkilotlarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib Mohigul Toshnazarova tayinlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, u 2014 yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Shu paytga qadar «Qashqadaryo dori-darmon» korxonasida dorixonalarni nazorat kilish inspektori, ushbu muassasa bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан