Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






COVID-19 profilaktikasi: eng yaxshisi sarosimaga tushmaslik!
25.07.2020 15:01,  
632

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasini davolash va kasallikni oldini olish bo‘yicha savollarga javob qaytarildi.

— O‘RVI belgilari bo‘lmagan bemorlar bilan qanday aloqada bo‘lish kerak. Ularda  pnevmoniya belgilarini qanday bilish mumkin?

— Covid-19 da turli simptomlar bo‘lishini hisobga olgan holda umumiy holatga: keskin holsizlik mavjudligi, ko‘ngil aynishi,  ruhiy holat buzilishi, haddan tashqari uyquchanlik, shuningdek, nafas yetishmasligi va tezlashishiga e’tibor qaratish muhim.

Muntazam ravishda tana harorati, puls va qon bosimini o‘lchash zarur.

Holatingiz haqida shifokor bilan doim maslahatlashib turing. Salomatligingiz yomonlashganda tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling.

— O‘zimda koronavirus infeksiyasi borligiga shubham bo‘lsa, uning bor yoki yo‘qligini qanday bilsam bo‘ladi?

— Birinchi navbatda – sarosimaga tushmaslik. COVID-19 tufayli xavotirda bo‘lish – bu tabiiy hol. Lekin nazarda tutingki, aksariyat odamlar COVID-19ni nisbatan yengil o‘tkazadilar.

Agar oxirgi ikki hafta mobaynida koronavirus bilan zaralangan bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganingiz aniqlansa, bilingki siz kasallikning yengil turini o‘tkazayotgan bo‘lishingiz mumkin va sizda quyidagi simptomlar bo‘lishi kerak: 

- tana xarorati normal bo‘lishi yoki 38-38,5 darajagacha ko‘tarilishi;
- terlash;
- yo‘tal;
- holsizlik kuzatilishi mumkin. 

Bo‘lishi va bo‘lmasligi mumkin simptomlarga quyidagilar kiradi: 

- bosh og‘rig‘i, 
- tomog‘dagi og‘riq, 
- burun bitishi, 
- hid va ta’m sezishning pasayishi yoki yo‘qolishi,
- ko‘ngil aynishi, 
- qusish va diareya (ich ketishi).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан