Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Damas» bilan to‘qnashgan «Lasetti» yonib ketdi
16.05.2021 14:16,  
142

Joriy yilning 15 may kuni soat 17:20larda, Xorazm viloyati, Urganch shahri «Xiva-Urganch» yo‘lining 1-kilometrida haydovchi, 26 yoshli X.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli hamda haydovchi, 36 yoshli M.F. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Zarb oqibatida «Lasetti» rusumli avtomobil yo‘lni chetidagi beton to‘siqqa urilgan va dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Urganch shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан