Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Damas"da 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan farg‘onalik haydovchiga qanday jazo tayinlandi?
14.04.2021 16:39,  
707

Farg‘onada haydovchi "Damas"da 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda «Markaziy studiya» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

YPX xodimlari mashinani to‘xtatganda, mashina salonida 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgani aniqlangan. "Damas"ning old o‘rindig‘ining o‘zida 5 nafar bola joylashtirilgan. Mashinaning orqa eshiklari yaxshi yopilmagani ham qayd etilgan.

Haydovchidan tegishli hujjatlar talab qilinganida haydovchilik guvohnomasi ham, boshqa hujjatlar ham yonida yo‘qligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchiga tegishli chora ko‘riladi, Damas esa jarima maydonchasiga olib boriladi.

«Biroq ushbu bolalarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, lekin o‘z kasbiga befarq bo‘lib bolalar bog‘chasidan mazkur kichkintoylarni begona shaxsga berib yuborgan MTT vakillari-chi? Barcha holatlarni bila turib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygan ota-onalar-chi?», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан