Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Daraxtlarni sug‘orish haftaligi» aksiyasiga start berildi
29.07.2020 15:32,  
72

Davlat ekologiya qo‘mitasi va «MEROS» xayriya jamoat fondi joriy yilning 28 iyulidan boshlab 2 avgustga qadar mamlakat bo‘ylab «Daraxtlarni sug‘orish haftaligi» aksiyasiga start berdi.

Hozirgi kundagi pandemiya va karantin sharoitlarida daraxtlarni saqlash va ularni sug‘orish ishlarini esdan chiqarmaslik muhim hisoblanadi.

Aksiya doirasida keng jamoatchilikni, karantin tartib-qoidalariga rioya etgan holda daraxtlarni sug‘orish ishlariga jalb etishni tashkillashtirish, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining tegishli tashkilotlari tomonidan aholi yashash punktlaridagi ko‘chalarda daraxtlarni sug‘orish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

«MEROS» xayriya jamoat fondi boshqaruv raisi Abdurashid Iminov aksiyani o‘tkazish g‘oyasi va vazifalari haqida quyidagilarni aytib o‘tdi:

«Har yili davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan turli loyihalar doirasida juda ko‘p daraxt ko‘chatlari ekiladi. Ammo tegishli parvarish, sug‘orish yoki agrotexnik ishlarning yetarli darajada olib borilmasligi natijasida ko‘p daraxtlar nobud bo‘ladi.

Mazkur aksiya ko‘kalamzorlashtirish ishlari samaradorligini, aholining daraxtlarni to‘g‘ri parvarish qilish bo‘yicha habardorligini oshirish va, albatta, mamlakatimiz tabiatini asrab-avaylashga tegishli xissa qo‘shishga qaratilgan».

Soha mutaxassislarining fikriga ko‘ra, yozning jazirama issiq kunlarida 1-4 yoshga qadar bo‘lgan (1,5 metrgacha) daraxtlarni sug‘orish ertalab sahar vaqtida amalga oshirish maqsadga muvofiq, (soat 10.00 dan 15.00 gacha sug‘orish tavsiya etilmaydi) boshqa daraxtlarni esa kun davomida sug‘orish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан