Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat mansabdorlari hamda ularning oila a’zolari daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi
6.07.2021 21:46,  
141

«Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va tegishli Qarori imzolandi

Unga ko‘ra, endilikda:

— Barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

— «Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun ishlab chiqiladi

— «Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri» yuritiladi

—«Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimi» ishga tushiriladi

— Davlat xizmatchilari, tashkilotlari, korxonalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi

— Davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi

— Jinoyat kodeksida daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatiladi

— Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi va Internet orqali translyasiya qilinadi

— Har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e’lon qilinadi

— Davlat xizmatchilarining Odob-axloq kodeksi qabul qilinadi.

Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.

Deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablag‘larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi.

Mansabdorning o‘z shaxsiy manfaati majburiyatlarini ob’yektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi.

Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан