Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat organlari 1 yanvardan bir qator hujjatlarni talab qilmaydi
4.01.2022 19:55,  
538

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda quyidagi hujjat va ma’lumotlarni belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Hujjat va ma’lumotlar ro‘yxati:

▪️tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti;

▪️litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumot;

▪️davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot;

▪️qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

▪️kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot;

▪️jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumot;

▪️oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumot;

▪️jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumot;

▪️jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumot;

▪️fuqaro "Yoshlar daftari" yoki "Ayollar daftari"da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;

▪️o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;

▪️oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumot;

▪️moliyaviy hisobotlar nusxalari;

▪️jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

▪️ ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан