Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat xizmatlari agentligiga yangi rahbar tayinlandi
30.07.2020 12:25,  
191

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyulda qabul qilingan qaroriga binoan Ulug‘bek Islomovich Muhammadiyev Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

U.Muhammadiyev 1977 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti (tadbiqiy matematika va huquqshunoslik yo‘nalishlari), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (xalqaro munosabatlar yo‘nalishi)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1999 yili O‘zbekiston Milliy universitetining o‘quv bo‘limi inspektori vazifasidan boshlagan. 

U. Muhammadiyev 2018 yil 26 avgustdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан