Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dehqonoboddagi vahimali ko‘prik mas’ullar tomonidan foydalanishga yaroqli deb topildi
6.04.2021 10:07,  
299

Telegram kanallarida “Dehqonobod tumani, Sarchashma mahallasi Duob qishlog‘idagi ko‘prik juda abgor ahvolda. Har kuni bu yerdan yuzlab aholi foydalanadi. O‘quvchilar ham o‘tadi. Tuman mutasaddilaridan ko‘prik ta’miriga yordam berishlarini so‘raymiz...” deya izoh berilgan surat e’lon qilingan edi.

Mazkur holat tuman hokimi o‘rinbosari Sherdil Ergashev, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jovli Himmatovlar ishtirokida o‘rganib chiqildi, deya xabar berdi tuman hokimligi Axborot xizmati.  

Voqea joyida bo‘lgan mas’ullarning aytishicha, mazkur ko‘prik ko‘rinishi jihatidan vahimali bo‘lsa-da, aholi foydalanishi uchun yaroqli.  

“Shunga qaramasdan, biz albatta bu ko‘prikni ta’mirlash choralarini ko‘ryapmiz. Ko‘prik dasturga tushmagani bois, ko‘prikni saxovatpesha tadbirkor ko‘magida ta’miralashni rejalashtiryapmiz”, — degan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jovli Himmatov.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан