Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Deksametazon»ni koronavirusning yengil va o‘rta turida ishlatish taqiqlanadi
9.10.2020 13:52,  
745

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev vazirlik Matbuot xizmatiga bu haqda batafsil so‘zlab berdi:

«Deksametazon» preparatini koronavirusni davolashda ishlatish tavsiyasi 2020 yil iyun oyida Buyuk Britaniya olimlari tomonidan taklif etildi. Oksford universiteti rasmiy saytida COVID-19 kasalligining og‘ir va o‘ta og‘ir davrida, faqatgina kislorodga muhtoj bo‘lgan va sun’iy nafas olish apparatiga ulangan kasallarga reanimatsiya sharoitida kuniga 6 mg miqdorida 10 kun davomida berish taklif etilgan. E’tiborli jihati, «Deksametazon» dori vositasini faqatgina reanimatsiya sharoitida berish tavsiya etiladi», deb rasmiy bayonotda aniq belgilab qo‘yilgan. 

«Deksametazon» bu «Aspirin» yoki «Sitramon» emaski, uni xohlagan odam dorixonadan sotib olib, o‘z bilganicha iste’mol qilsa. «Deksametazon» kuchli yallig‘lanishga qarshi va immunodepresant (immunitetni tushiruvchi) sintetik gormonal dori vositasi. Undan noto‘g‘ri foydalanish, avvalo:

- immun tizimining faoliyatini susaytiradi,
- qandli diabet kasalligini keltirib chiqaradi va uni rivojlantiradi,
- oshqozon yara kasalligida qon ketish xavfini oshiradi, 
- suyaklardan kalsiyning chiqib ketishiga sabab bo‘ladi, 
- teri mustahkamligini susaytiradi,
- surunkali kasaliliklarning avj olishiga olib keladi.

Bundan tashqari, ushbu yallig‘lanishga qarshi dori vositasidan uzoq muddat foydalanish har qanday gormonlar singari semirish, diabet, osteoporoz, glaukoma va hatto ruhiy kasalliklar kabi nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, son suyagining aseptik nekroziga ham «Deksametazon» dori vositasini ko‘p miqdorda ishlatish sabab bo‘ladi.

«Deksametazon»ni COVID-19 ning yengil va o‘rta darajada kechish davrida ishlatish ta’qiqlanadi. Chunki u kasallikning dastlabki bosqichida, immunitetimizni mustaqil ravishda kasallikni yengishiga halaqit beradi va aks ta’sir ko‘rsatib, kasallikning avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Immun tizimi pasayib, hatto yo‘q bo‘lib ketgan bemorni kasallikdan qutqarish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан