Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Demokratik qadriyatlar jamoat tartibi va amaldagi qonunlarni buzish uchun imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak – Abdulaziz Komilov
3.12.2020 13:54,  
82

Tashqi ishlar vaziri demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish oqibatlaridan ogohlantirib, demokratik rivojlanish faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruktiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov so‘z erkinligi va OAVni rivojlantirish jarayonlari mavzusidagi davra suhbatida O‘zbekistonda so‘nggi 3-4 yilda amalga oshirilgan demokratik islohotlarga to‘xtaldi.

«Sizning e’tiboringizni xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi masalasidir.

Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekiston go‘yoki milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas. Va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir.

O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu muammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim.

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish, xalq va ommaviy vositalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda. Biz inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada muhokama qilmoqdamiz», deya Abdulaziz Komilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir davlatning inson huquqlarining buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati so‘nggi yillarda keskin o‘zgarganini aytib o‘tdi.

«Davlatning inson huquqlarining buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgardi. Hattoki, adashgan vatandoshlarimizni amnistiya qilish, ularni farzandlari bilan Yaqin Sharqdagi nizoli hududlardan qaytarish, ularga ijtimoiy moslashishda va hayotda o‘z o‘rnini topishda yordam berish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bugun dalildir.

2019 yilda ikkita ana shunday gumanitar missiya amalga oshirildi. 200dan ziyod ayollar va bolalar vatanga qaytib keldilar. Bu yil ham Suriyadan fuqarolarni olib chiqish uchun shunday tadbir tayyorlanmoqda. O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir. Bu tamoyil prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi.

Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik va inson huquqlarining nisbati va bog‘liqligining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, jumladan so‘z erkinligi amalda ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Biroq ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish uchun bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak», dedi Abdulaziz Komilov.

Tashqi ishlar vaziri mamlakatning demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruktiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin ekanini ta’kidladi.

«So‘nggi paytlarda ayrim, hattoki demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto, odamlar qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ushbu qonunbuzarliklarning barchasi demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan.

Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruktiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanmasligi lozim. Buni anglab yetish so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir», dedi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан