Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Denovdagi noxush holat sabablari sababi aniqlandi
15.12.2021 18:20,  
515

Surxondaryo viloyati hokimligida Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida sodir bo‘lgan noxush holat sabablari muhokama qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Majlisda "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov holat bo‘yicha izoh berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlarda 2013-yilda qurilgan «Indenim» savdo majmuasining ostida Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tkazilgani aniqlangan.
 
Uning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga ko‘ra, inshootning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun Savdo majmuasi o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi kerak edi. 

Shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq, (https://t.me/axborot_xizmati/10330) ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan 4 metr masofani tashkil etishi lozim bo‘lgan.

«Indenim» savdo majmuasi gaz quvurining aynan o‘zida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmagan. O‘tkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. 

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali direktori izohini tinglagan viloyat rahbari, viloyatda nechta noturar ob’yekt shu tartibda gaz tarmog‘iga ulanganini so‘radi. 25 ta ob’yekt shu tartibda gaz tarmog‘iga ulangani bo‘yicha javobni olgach, zudlikda ushbu ob’yektlarni gaz tarmog‘idan uzish hamda viloyatdagi ijtimoiy soha ob’yektlarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, noqonuniy holatlar aniqlansa, ularni ham gaz tarmog‘idan uzish va havfsiz jihozlarga almashtirish yuzasidan tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va gaz  idoralari rahbarlariga topshiriq berdi.

To‘ra Bobolov shuningdek, mazkur holat tafsilotlarini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga ochiq-oydin ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан