Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputat Alisher Qodirov o‘quvchilar orasida jinoyatchilik ko‘payib ketayotgani sababini ularning ovqatlanishidan izlash kerakligini ta’kidladi
6.12.2020 10:50,  
665

Qo‘shni mamlakatlarda o‘quvchilarni maktabda bepul ovqatlantirish masalasi ko‘tarilayotgan bir vaqtda O‘zbekistonda hamon maktablarning oshxonalarini qurishi masalasi muhokama qilinmoqda, deya ta’kidladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yil davlat byudjetidan maktablar qurish va kapital ta’mirlash uchun 1,5 tirillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Deputat Qodirovning ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekistondagi 3 mingdan ortiq maktabda oshxonaning o‘zi yo‘q, 7,1 mingta maktabda oshxona bor, lekin 60 foizi talab darajasida emas.

Deputatning alohida qayd etishicha, bolalarning «eng kuchli fiziologik-depressiv holati» maktab davrida kuzatilishini inobatga olgan holda, mamlakatda jinoyatchilikning yosharib ketayotgani, bolalarning o‘qituvchilarga nisbatan munosabati borgan sari keskinlashib borayotgani sabablarini «albatta ularning ovqatlanishidan izlash kerak».

«Qo‘shni davlatlar misolida olaylik: Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda o‘quvchilarning maktabda bepul ovqatlantirish masalasi ko‘tarilyapti. Biz esa, afsuski, maktablarda oshxonalar qurish haqida gaplashyapmiz. Biz faqat maktab qurish va ta’mirlash emas, bu jarayonda oshxonalar qurish va ta’mirlash haqida ham o‘ylashimiz kerak», — deb ta’kidlagan deputat.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017 yildan beri o‘quvchilar orasida jinoyatchilik 2,5 barobarga kamaygan. Xususan, 11 yillik ta’lim qayta tiklanishi natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik koeffitsiyenti 2016 yilda 2,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilda 1,0 foizga tushgan. Taqqoslash uchun, 2019 yil yakuniga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich Rossiyada — 23,7 o‘quvchi, Qozog‘istonda — 7,6 o‘quvchini tashkil qiladi. Bundan tashqari, 11 yillik ta’limga o‘tilishi natijasida qizlar orasidagi erta tug‘ruq holatlari 34 foizga kamaygan.

 

2020 yil oktyabrida Rossiya maorif vaziri birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya maktablarida boshlang‘ich sinflarda bepul ovqatlanish tashkil etish amaliyotini qo‘llayotganligini, O‘zbekiston tomoniga ushbu yangi tizimni o‘rganishni tavsiya etgan edi. Bunga javoban O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng katta demografik o‘sishga ega va aholisining yirik qismi yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakat sifatida boshlang‘ich sinflarda bepul ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish mushkul ekanligini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан