Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputatlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga yangi nomzodni ma’qulladi
14.01.2021 10:26,  
184

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov nomzodi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan Abduqodir Toshqulov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga ma’qullandi. Endilikda u lavozimiga bosh vazir taqdimoti va prezident farmoni asosida kirishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Abduqodir Toshqulov 2016 yil so‘ngidagi saylovlar arafasida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili bo‘lgandi. U 2017 yil sentyabrida Termiz davlat universitetiga rektor bo‘lgan, bir yil o‘tib Qonunchilik palatasi deputati Senat a’zosiga aylangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан