Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dilmurod Nabiyev: «O‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlariga o‘rtacha 15 mingga yaqin mehmon keladi»
5.01.2021 22:19,  
64

Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasida ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev 2025 yili Toshkent shahri mezbonlik qiladigan IV o‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarining borishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdilar.

- Murojaatnomada Prezidentimiz Toshkent shahri 2025 yilgi IV o‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritganligini faxr bilan ta’kidlab o‘tdilar. Bu masalani yurtboshimiz 2019 yildayoq oldimizga vazifa sifatida belgilab bergandi va 2020 yilga kelib maqsadimizga erishdik. Shuni alohida ta’kidlashni istardim, musobaqa mezbonligi uchun Toshkentdan tashqari qit’amizning yana to‘rtta yirik shaharlari kurash olib borishdi. Osiyo Olimpiya Kengashidan maxsus komissiya kelib Toshkent xalqaro aeroportining o‘tkazuvchanlik qobiliyati, mehmonxonalar, sport inshootlarining joylashuvi, musobaqalarning teletranslyasiya masalalari kabi barcha jihatlarni o‘rganishdi va yakunda bizning foydamizga qaror qabul qildi. Bu albatta ulkan sharaf, shu bilan birga zimmamizga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki shu paytga qadar o‘tkazilgan o‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘rtacha 5 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan. Ularning yoniga trener, shifokor, rasmiy delegasiya vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini qo‘shib hisoblasak Toshkentga o‘rtacha 15 mingga yaqin mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Albatta, buning uchun yetarlicha sharoit yaratilishi lozim. Shu maqsadda Prezidentimizning topshiriqlariga asosan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barcha sharoitlarga ega, xalqaro talablarga javob beradigan Olimpiya shaharchasi barpo etiladi. Bu borada Qurilish vazirligi bilan amaliy ishlar boshlab yuborilgan va bu yerda barcha infratuzilma muhayyo qilinib, Olimpiya shaharchasi 2025 yilgacha foydalanishga topshirilishi kerak.
Bu musobaqani o‘tkazish uchun OOK(Osiyo Olimpiya kengashi)ning o‘ziga yarasha talablari ham bor. Jumladan, keyingi yildan musobaqaning targ‘ibot ishlarini boshlash, uning emblemasi va ramzini yaratish kabi vazifalar bor. O‘z navbatida OOKning maxsus ishchi guruhi kelib tayyorgarlik ishlarining qanday borayotganligini o‘rganadi. Har yili Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan bir yilda qilingan ishlar, kelgusi yilgi rejalar bo‘yicha taqdimotlar qilib boradi.

O‘smirlar yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlatning yutug‘i – ular musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlarini belgilab berishadi. Ammo, musobaqa dasturidan Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan kamida 8ta sport turi o‘rin olishi kerak. Biz mezbonlik qilgach, tabiiyki yurtimizda anchagina rivojlangan sport turlari, jumladan erkin va yunon-rum kurashi, boks, dzyudo, jamoaviy o‘yin turlaridan futbol, qolaversa suzish kabi turlar va albatta o‘zimizning milliy sport turlarini kiritishga harakat qilamiz. O‘z navbatida yoshlarimizni bugundan ushbu musobaqaga puxta tayyorlab borish, buning uchun seleksiya ishlarini kuchaytirish, terma jamoalarga barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini ko‘ramiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан