Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dilorom Toshmuxamedova doimiy asosda ishlovchi senator bo‘ladi
14.02.2020 18:12,  
302

2018 yil 11 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori sifatida ishlab kelgan Dilorom Tashmuxamedova Vazirlar Mahkamasining 14 fevraldagi qaroriga muvofiq, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston “Adolat” SDP Matbuot xizmati xabar berdi.

Dilorom Tashmuxamedova bundan buyon doimiy asosda ishlovchi senator sifatida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz Dilorom Tashmuxamedova 2001-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2005-2008 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Birinchi kotibi sifatida faoliyat yuritgan. 2008-2014 yillarda Qonunchilik palatasi Spikeri sifatida faoliyat olib borgan.

Bundan tashqari Dilorom Toshmuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi nomzodi ko‘rsatilgan yagona ayol nomzod hisoblanadi.

Dilorom Toshmuxamedova 2019 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan va Toshkent shahar kengashi deputati etib saylanadi. 2020 yil 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qo‘shma majlisida  senator etib tayinlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан