Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diniy qo‘mita «Imom Termiziy» masjididagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi
27.02.2020 15:12,  
1814

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» masjidi imom-xatibi Ichoqjon domla Begmatov bilan bog‘liq turli gap-so‘zlar tarqaldi.

Tarmoqda tarqalgan videoda bayon qilinishicha, imom masjiddagi namozxonlardan birini barchaning oldida "bemazhab vahobiylarning bitta namoyondasi" deb tanbeh beradi. 

Shuningdek, imom: “Azizlar, bekorga masjidning har burchagiga kuzatuv kamerasi qo‘yilmagan. Kim qanday namoz o‘qiyapti, nima gap gapiryapti, qanday kirib chiqyapti - hammasi kuzatuv ostida”, - deydi.

Jamoatning namozi bardavom bo‘lishi uchun yaxshilikka chaqirayotganini aytgan imom "Agar bordiyu, yurtimizda an’anaviy bo‘lgan Hanafiy mazhabi bo‘yicha, Moturidiy e’tiqodi bo‘yicha ibodat qilishga rozi bo‘lmasa, o‘zining noroziligini norozilik ohangida bildiradigan bo‘lsa, imomlar o‘rniga boshqalar chora ko‘rishiga majbur bo‘lamiz, deyishyapti" degan. 

Internet foydalanuvchilari tomonidan imom-domlaning aytgan gaplarini turlicha talqin qilish holatlari ham kuzatildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ushbu masala bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Qo‘mitaning fikricha, birinchidan, bugungi kunda masjidlarda ibodat masalasida turli tushunmovchilik keltirib chiqarayotganlar uchramoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali odamlarni mazhabsizlikka chaqirayotganlar ham kuzatilmoqda.

Aslida, Ishoqjon domla, ahli ilmlar va yurtimizdagi boshqa imom-xatiblar diyorimizda azaldan meros bo‘lib kelayotgan, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bir nechta sunnatlarning yo‘q bo‘lib ketishiga qarshi kurashmoqdalar. Namozdan keyingi zikr va duolar, Qur’oni karim tilovatini eshitish, namozxonlar oldini kesib o‘tmaslik va hokazolar shular jumlasidandir. Afsuski, bugun ushbularni bajarish o‘rniga eshikka qarab oshiqayotganlar ham yo‘q emas.

Imom-domlaning maqsadi ham – bir masjidda, bir safda turib namoz o‘qiyotganlar orqasida tafriqa kelib chiqmasligini oldini olish bo‘lib, jamoatni bizning diyorimizda mavjud bo‘lgan ananaviy hanafiy mazhabiga ergashishga chaqirmoqda va aholini birlikka chorlamoqda, bu tahsinga loyiq.

Ikkinchidan, imom-domlaning go‘yoki masjidlarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari namozxonlarni nazorat qilib turgani haqidagi gaplari esa mutlaqo asossiz hisoblanadi.

Ma’lumki, butun dunyo miqyosida kuzatuv kameralari odamlar va muayyan ob’yektlarning xavsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. Misol uchun, Makka va Madina shaharlaridagi “Masjidul haram” va “Masjidun Nabaviy”da ham kuzatuv kameralari ziyoratchilar va muqaddas joylarning xavsizligini ta’minlash maqsadida 24 soat davomida ishlab turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан