Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Diniy ta’lim muassasalarida imtihon o‘tkazish kunlari va tartibi belgilandi
27.08.2020 11:23,  
595

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limining ma’lum qilishicha, idora o‘z tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlarini karantin talablariga qat’iy amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash, abituriyentlarning uzoq vaqt bir joyda o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

Jumladan, qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi. Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi.

Unga ko‘ra, Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

2020 yil 3 sentyabr «Hadis va mustalah al-hadis» (ijodiy imtihon).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

2020 yil 4 sentyabr «O‘zbekiston tarixi» (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Toshkent islom instituti binosi hovlisi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bo‘yicha:

2020 yil 7 sentyabr «Fiqh va aqoid», «O‘zbekiston tarixi» fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.

Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

2020 yil 10 sentyabr «Fiqh va aqoid», «O‘zbekiston tarixi» fanlari (test sinovi).

Imtihon o‘tkazish joyi – Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda qabul imtihonlariga kiritiladi:

  • - dezinfeksiya tonnelidan o‘tkaziladi;
  • - tana harorati masofadan o‘lchash qurilmasi orqali o‘lchanadi;
  • - tibbiy niqob, qo‘lqop va kepka bilan ta’minlanadi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00 dan 6:30 gacha davom etadi, 6:30 dan 7:00 gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.

Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, test sinovlari boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda abituriyent imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Imtihonga kirish ruxsatnomasi qabul.muslim.uz portali orqali abituriyent tomonidan chiqarib olinadi.

Shuningdek, qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun alohida joylar tayyorlanmasligi aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан