Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Don Kixot"ni o‘qiganmisiz yoki ko‘z yugurtirganmisiz?
24.09.2019 10:02,  
628

Bolaligimda sevib o‘qiganim kitoblardan biri "Don Kixot" asarining g‘oyasi sizlarga ma’lumdir

Haddan tashqari ko‘p kitob o‘qigan va boshqalar tomonidan ahmoq deb tanilgan bir lamanshlik qahramon. Qurolbardori esa Sancho Pansa... Kontrast ham shu ikki qahramonda bor... Esladingiz va yuzingizga tabassum yugurdi.

Hayot doim kurashlardan iboratligini eslatuvchi bir kitob... Shamol tegirmoniga qarshi jang, garchi taraflar tengsiz bo‘lsa ham, mag‘lubiyat aniq bo‘lsa ham, kurashdan qaytmaydigan qahramonlar obrazi...

Bugungi Don Kixotlarimiz va Sancho Pansalarimiz ham ko‘pchilik tomonidan kalaka qilinayotgani sir emas. Jurnalist va bloggerlar singari.

Doim mazlumni himoya qilgan, ezgulik tarafida turib jang qilishni oliy maqsad deb bilgan "Don Kixot" asarida bo‘lgani kabi hayotda ham doim mag‘lub bo‘lishadi. Bugungacha jurnalist va bloggerlar ham aynan Don Kixot va Sanchodek harakat qilmoqda edilar. Mazlum tomonida turib haqsizlikka qarshi chiqmoqda edilar...

Lekin rasmiylardan biri "eshshagingdan tush!" deb hitob qilgandi, ko‘pchilik bir sapchib tushdi. Endi soxta "Don Kixot"lar va soxta "Sancho"lar paydo bo‘la boshladi. Lekin haqiqat shundaki, bu ikki qahramon oddiy xalq tomonida turgan. Boylar, qirollar, zodagonlarga qarshi kurashgan. Haqsizlikda faqatgina ularni aybdor deb bilganlar. Chin muxlis uchun, soxta qaxramonlarni ajratib olish qanchalik osonligini bilsalar edi...

Azizim Sancho Pansa, eshakka minavergin, birgalashib o‘z haqiqatimiz uchun kurashamiz! Mayli, telba deyishsin, kulishsin, masxara bo‘laylik! Lekin zulmga qarshi kurashishga tayyormiz!

Sodiq do‘stim, Sancho, yo‘limiz og‘ir, mashaqqatli, ustiga-ustak, hech vaqoimiz yo‘q. Biz "Shamol tegirmoni"ga qarshi kurashamiz! "Feodallar"gagina "non" beradigan sistemaga qarshi jang qilaveramiz! Buni zinhor Korrupsiya deya ko‘rma! Bu shunchaki shamol tegirmoni!

Qalbsiz, hissiz, qayerdan shamol essa o‘sha tomonga aylanaveradigan bir sistema...

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан