Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Skver»da drift qilayotgan uchar kim? (video)
19.09.2019 11:39,  
2517

Ijtimoiy tarmoqlarda Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘lda kimligi aniq aytilmagan shaxslarning katta tezlikda avtomobil haydab, turli manyorlarni bajargani videosi tarqaldi.

Soat kechki 23:00 daligi aytilayotgan videosda yo‘l-patrul xizmati xodimlari aylanma yo‘lga kirish joylarini yopib, mashinalarni o‘tkazmayotganini ko‘rish mumkin.

Ko‘pchilik bu ucharning rossiyalik taniqli avtobloger Erik Davidich bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

"Bunday erkinlik, yo‘lto‘sarlik faqat Prezidentga nisbatan qo‘llanilardi, shekilli? DAN xodimlarining yo‘lni to‘sib, xalqni to‘xtatib qo‘yib, bu notanish kimsaga buncha erkinlik berishiga nima haqi bor?" deb yozadi tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov avtobloger Erik Davidichga Maybach 900 va Mercedes AMG GT 4 topib berganini yozgandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан