Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dubay shahzodasi lochinlari bilan tuvaloq ovladi
7.10.2021 17:42,  
559

Ijtimoiy tarmoqlarda Dubay shahzodasi shayx Xamdan bin Muhammad Al Maqtumning Navoiyda ov qilishi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, BAA shayx va shahzodalari har yili sport va xavaskor ov qilish maqsadida o‘zlari bilan shaxsiy ovga o‘rgatilgan lochinlarini olib kelib, qaytarib olib ketishadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yo‘rg‘a tuvaloqlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish bo‘yicha BAA tomonidan moliyalashtiriladigan markaz bor. U yerda Qizil kitobiga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloq qushlarining 2019 yilda 4132 donasi hamda 2020 yil 13 avgustga qadar 4069 donasi tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Bundan tashqari, BAAdan 2020 yil 10 avgustda olib kelingan Qizil kitobga kiritilgan 64 ta lochin, 12 ta itolg‘ilar tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, har yili Fanlar akademiyasining xulosasi va Hukumatning kelishuvi asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tabiatdan yovvoyi hayvonlarni ajratib olish uchun kvota tasdiqlaydi. 2020 yilda yo‘rg‘a tuvaloqlarni ilmiy maqsadda tabiatdan ajratib olish uchun jami 357 dona kvota ajratildi. Bu son tabiatga BAA tomonidan qo‘yib yuborilayotgan sonning 10 foizini ham tashkil etmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан