Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi (foto)
4.09.2019 15:45,  
600

The Economist nashri dunyodagi yashash uchun eng qulay 10 ta shaharlar reytingini e’lon qildi. Reytingga dunyoning 140 ta shahri kiritilgan. “Yashash uchun eng qulay shaharlar” reytingi asosan 5 kategoriyaga ko‘ra (barqarorlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ta’lim va infrastruktura) aniqlanadi.

Reyting natijalariga ko‘ra ketma-ket ikkinchi yil Avstriya poytaxti Vena dunyoda yashash uchun eng maqbul shahar deya topildi.

Ikkinchi o‘rinda kelayotgan Melburn Venadan 0.7 % tafovut bilan ortda qoldi.

Uchinchi o‘rin ham “yashil qit’a” vakillariga nasib etdi. Avstraliyaning yana bir ekzotik shahri – Sidney bu o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Yaponiya sanoatining yuragi bo‘lgan Osaka 4-o‘rinda turibdi.

Keyingi uchta o‘rinda Kanada shaharlari – Kalgari, Vankuver hamda Toronto o‘rin oldi.

Yaponiyaning eng katta shahri Tokio 7-o‘rinda. Bu joyni u Toronto bilan bo‘lishib turibdi.

Daniya poytaxti Kopengageni 9-o‘rinda bo‘lsa, Avstraliyaning yana bir go‘zal shahri Adelaida ro‘yxatga yakun yasagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан