Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoning eng boy kishilari bir kunda $139 mlrd yo‘qotdi
25.02.2020 14:25,  
789

Dunyoning eng boy 500 kishilari AQSh va boshqa davlatlardagi fond va indeks birjalaridagi inqiroz sabab bir kunda $139 mlrd yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Eng katta yo‘qotish LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyasi bosh direktori Bernar Arno va Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezosda kuzatildi. Ularning har biri bir kunda $4,8 mlrd yo‘qotdi.

Ispaniyaning Zara savdo to‘ri egasi Amansio Ortega $4 mlrd, Facebook egasi Mark Sukerberg  $3,48 mlrd yo‘qotdi. Google kompaniya asoschilaridan biri Larri Peyjning boyligi esa $2,7 mlrdga qisqardi.

«Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov $1,21 mlrd, «Novatek» rahbari Leonid Mixelson $692 mln, «Lukoyl» vitse-prezidenti Leonid Fedun $508 mln yo‘qotdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан