Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi nomi ma’lum bo‘ldi
7.01.2022 21:28,  
104

Yangi Zelandiyadagi eng yirik aviatashuvchi hisoblangan Air New Zealand dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deya tan olindi. Kompaniya AirlineRatings portali tomonidan 2022 yil uchun tuzilgan reytingning eng yuqori pog‘onasini egallagan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar BAA hamda Qatarning Etihad Airways va Qatar Airways aviakompaniyalariga nasib etgan. Ularning ortidan

  • Singapore Airlinews (Singapur);
  • TAP Air Portugal (Portugaliya);
  • SAS (Daniya, Norvegiya va Shvetsiya);
  • Qantas (Avstraliya);
  • Alaska Airlines (AQSh);
  • EVA Air (Tayvan);
  • Virgin Australia/Atlantic (Buyuk Britaniya).

Reytingning eng oxirgi pog‘onasini — 20-o‘rinni Dubayning Emirates aviakompaniyasi egallagan.

Shuningdek, eng xavfsizlik loukoserlar qatoridan Allegiant (AQSh), Easyjet (Buyuk Britaniya), Frontier (AQSh), Jetstar Group (Avstraliya), Jetblue (AQSh), Ryanair (Irlandiya), Vietjet (Vetnam), Volaris (Meksika), Westjet (Kanada) va Wizz Air (Vengriya) o‘rin olgan. Reyting mualliflari ularga alohida o‘rin bermagan, shunchaki aviatashuvchilarni alifbo tartibida joylashtirib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniyalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Qantas egallagandi. Qatar Airlines esa dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан