Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX So‘xdagi ziddiyat haqida xabar berdi
31.05.2020 17:40,  
7128

2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasining So‘x tumani o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Chashma bulog‘ida qirg‘izistonlik va o‘zbekistonliklar orasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy kanali xabar qildi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan.

Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara simto‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun ikki davlat mahalliy hokimiyatining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashishgan. 

Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан