Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX Surxondaryoda qariyb 116 kg giyohvand moddalarini musodara qildi
20.11.2021 16:37,  
135

Surxondaryo viloyatida 33 yoshli fuqaro 28 kg 895 gr “opiy” hamda 2 kg “gashish” moddalarini, shuningdek, boshqa bir holatda esa muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganliklari uchun sudlangan, 59 va 51 yoshli aka-uka 9 kg 161 gr “opiy” va 446 gr “geroin” moddalarini sotish maqsadida qabul qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Qayd etilishicha, har ikki holatda ham giyohvand moddalar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan.

Shuningdek, Sariosiyoda kuzatilgan holatda tojikistonlik narkokurferlar tomonidan tumanning tog‘li hududiga o‘tkazilib, xufiya joyga berkitib ketilgan 28 kg 506 gr “opiy” moddasini qabul qilib olgan, 31 yoshli fuqaro ushlandi.

Termiz shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirida esa 1969, 1970 va 1990 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 481 gr "opiy" moddasini 9,4 mingga sotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Termiz tumanida "Manguzar" YPX maskanidan o‘tib, viloyat markazi tomon harakatlanayotgan Spark to‘xtatilgan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 34 yoshli Tojikiston fuqarosi va Denovlik 36 yoshli mahalliy fuqaroga tegishli yuk sumkalarida Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 45 kg 913 gr “gashish” borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 67 kg 43 gr “opiy”, 47 kg 913 gr “gashish” hamda 446 gr “geroin” giyohvand moddalari musodara qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан