Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DXX Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi
3.11.2021 11:04,  
170

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘yildi.

Xususan, xorijdan avtomashinalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkent shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan kelishgan holda, o‘zganing ishonchiga kiradi va mazkur xo‘jalikning 16,5 gektar sug‘oriladigan yerini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 600 ming AQSh dollari talab qilishadi. Shuningdek, ular bu ishga 1987 y.t. shaxsni ham jalb qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent shahrida yashovchi, 1963 va 1975 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, unga “kovrak” o‘simligi yetishtirishi uchun Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berishlarini aytib, evaziga 300 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ular ushbu noqonuniy ishni o‘zini go‘yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi inspektori deb tanishtirgan, 1988 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilib, aslida xonandalik bilan shug‘ullanuvchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan 80 ming AQSh dollari evaziga hal qilishga o‘zaro kelishib olganliklari ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkent shahrida dastlabki 24 ming AQSh dollarini olgan vaqtida u ham ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан