Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






⚡️DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs DXX tomonidan qo‘lga olindi
4.03.2022 10:46,  
139

DXX 4 viloyatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi. 

Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etgani uchun bir necha bor sudlangan shaxs tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Namanganda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryoda yashovchi, sobiq ichki ishlar xodimi, o‘zini go‘yoki Milliy Gvardiyaning viloyat boshqarmasida ishlovchi xodimi sifatida tanishtirib, Milliy Gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish evaziga, 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan shaxs fuqaroni Milliy Gvardiyaga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан