Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eldor Shomurodov 25 daqiqa harakatlanib, o‘z hisobiga bir bor assist yozib qo‘ygan bahsda "Roma" yirik hisobda g‘alaba qozondi
23.08.2021 08:36,  
274

Italiya chempionatining 1-turida «Roma» o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qildi.

Bu safar «Roma» ustozi Joze Mourino hamyurtimiz Eldor Shomurodovni zahiradan maydonga turishishni maqsad qildi. Eldor ikkinchi taym o‘rtalarida maydonga tushib ham o‘zini ko‘rsata oldi.

Keskin kechgan uchrashuvda Veretuning dubli va Mxitaryanning goliga mehmonlardan Milenkovich bir bor javob qaytardi.

Eldor 69-daqiqada maydonga tushib, 80-daqiqada maydon markazida reyd uyushtirdi. U jamoadoshini darvozabon bilan birga-bir chiqarib yubordi va 3-golga assistentlik qildi.

Roma — Fiorentina 3:1

Gollar: Mxitaryan (24), Veretu (64, 79) — Milenkovich (60).

Roma – Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (El-Shaaravi, 84), Veretu (Bove, 87), Kristante, Pellegrini (Karles Peres, 84), Dzanolo, Abraham (Shomurodov, 69).

Fiorentina – Drongovski, Venuti (Saponara, 84), Igor Julio, Milenkovich, Biragi, Bonaventura (Benassi, 74), Pulgar, Male (Kastrovilli, 46), Kalexon (Terrachchano, 20), Vlahovich, Gonsales (Sottil, 84).

Chetlatishlar: Dzanolo (52) — Dragovski (17).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан